O‘zbekistonda III Xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini yakunladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 93 mamlakatdan 2,5 mingdan ortiq delegatni jamlagan forum global muloqot va investitsiyaviy sohadagi ilg‘or tajriba almashish maydoniga aylandi. Tadbirning eng muhim voqealaridan biri O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasining Bosh vazirlari ishtirokida mintaqaviy energetika loyihalarining (Qambarota GES-1 va Yovon GESini qurish) xorijiy investorlarga taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Forum yakuniga ko‘ra, jami qiymati 26,6 mlrd dollarga teng kelishuvlar imzolandi. Maʼlumot uchun, 2023-yilgi TXIFda 11 mlrd dollarlik 167 ta hujjat imzolangandi.
Bundan tashqari, forumda dunyoning bir qator yirik kompaniyalari hisoblangan “Oraskom Investment” (Misr), “Bonafarm Grup” (Vengriya), “Sayar” (AQSH), “Goldvind”, “Sinoma” (Xitoy), “Sam Yapi” (Turkiya), “Pasha Development” (Ozarbayjon) “Laselsberger” (Avstriya), “Petrosat Chexelsoton” (Eron) kabi kompaniyalar bilan qiymati 6,6 mlrd dollarga teng yangi investisiya loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122223 | Инструменты