Huawei 1
Isroil hukumati Al Jazeera telekanali faoliyatini taqiqladi

Isroil hukumati bir ovozdan Qatarning Al Jazeera telekanali faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

“Bizning farmonlarimiz darhol kuchga kiradi. Juda ko‘p vaqt o‘tdi va davlat xavfsizligiga putur yetkazayotgan Al-Jazeeraning yaxshi moylangan provokatsion mashinasini to‘xtatish uchun juda ko‘p keraksiz qonuniy to‘siqlar bo’ldi”, — dedi Isroil aloqa vaziri Shlomo Karxi.

Vazir endilikda Al Jazeeraga Isroilda faoliyat yuritish taqiqlanishi, telekompaniyaning mamlakatdagi ofislari yopilishi, uning jihozlarini musodara qilish haqida buyruq chiqarishi mumkinligini aytdi.

“Men boshchilik qilayotgan hukumat bir ovozdan qaror qildi: Isroilda Al Jazeera provokatsion kanali yopiladi”, — deydi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu.

Isroil razvedka xizmati mamlakatdagi Al Jazeera byurosini yopish taklifini qo‘llab-quvvatlagan. 2023-yil noyabrida Isroilda Livanning Al Mayadeen telekanalini faoliyati taqiqlangandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga