Ayollar futboli bo’yicha Parij-2024 Olimpiya o’yinlariga yo’llanma beruvchi saralash musobaqalari start olmoqda. 5-11-aprel kunlari Toshkent Osiyo qit’asida 1-bosqichdan o’rin olgan “A” guruhi bahslariga mezbonlik qiladi.
Unda O’zbekiston ayollar terma jamosi Butan, Sharqiy Timor va Iordaniya jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Jamoaning o’yinlar taqvimi quyidagicha:5-aprel: O’zbekiston - Butan
8-aprel: O’zbekiston - Sharqiy Timor
11-aprel: O’zbekiston - Iordaniya
Terma jamomiz ishtirokidagi barcha uchrashuvlar “Paxtakor” stadionida o’tadi. O’yinlar vaqti soat 17:00 ga belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21202 | Инструменты