“Barselona” De Yong ketmagan taqdirda boshqa bir yetakchisini sotib yuboradi
Ispaniyaning “Barselona” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jamoani tark etishi mumkin.
“Marca” nashrining xabariga koʻra, kataloniyaliklar darvozabonni transfer qilish variantini koʻrib chiqmoqda, chunki klub yangi kelganlarni roʻyxatdan oʻtkazish masalasida bir qancha muammolarga duch kelgan. Bunga yechim esa tarkibdagi maoshi yuqori futbolchilarni sotish hisoblanadi.
Avvalroq “Barsa” Frenki de Yongni sotib, yangi oʻyinchilarni qoʻlga kiritishi aytilgandi. Ammo niderlandiyalik yarim himoyachining oʻzi jamoadan ketishni istamayapti. U sheriklariga “Barsa”ni tark etmasligini aytgan va bu haqda MYUni ham xabardor qilgan. Shuningdek, u klubning maoshni qisqartirish borasidagi taklifiga ham rad javob bermagan.
Ter Shtegen De Yong sotilmagan taqdirda “Barselona” sotishni maqsad qilgan futbolchi. Germaniyalik darvozabonning maoshi 7 mln yevroni tashkil etadi va bu keyingi mavsumda ham oshishi belgilangan.
30 yoshli posbon oʻtgan mavsumda La Ligada 35 oʻyinda maydonga tushib, jami 34 ta gol oʻtkazib yuborgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10816 | Инструменты