Huawei 1
“Barselona” Grizmann masalasi tufayli “Atletiko”ni sudga bermoqchi

Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchi Antuan Grizmann bilan bogʻliq vaziyat tufayli “Atletiko”ni sudga bermoqchi.

Kataloniya klubi sudga daʼvo tayyorlamoqda va zudlik bilan madridliklardan 40 mln yevro toʻlashni talab qiladi. Sababi, “Barselona” hujumchini allaqachon “matraschilar”ning toʻlaqonli futbolchisi deb hisoblamoqda. 

Hujumchi ikki mavsumdan beri “Atletiko”da ijara asosida oʻynaymoqda. Agar futbolchi bu mavsumlarda 50 foiz oʻyinda (har bahsda kamida 45 daqiqadan) maydonda tushsa, Madrid klubi uni 40 mln yevroga sotib olishi shart edi. Ammo bu mavsumda ketma-ket 5 ta bahsda Antuan 60-daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshildi.

Maʼlum boʻlishicha, 31 yoshli hujumchining agenti “Barsa”ga 40 mln yevrolik narxni kamaytirishni soʻragan. Aks holda Madrid klubi Antuanni 2-boʻlimda tushirishda davom etaveradi. Shuning uchun, “Barselona” sudga ularning ayyorligidan norozi bo‘lib, ariza bermoqchi. Grizmanning o'zi esa Madridda qolmoqchi.

Avvalroq, “Atletiko” nima sababdan Grizmanni asosiy tarkibda maydonga tushirmayotgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101107 | Инструменты