Huawei 1
“Atletiko” Grizmanni nima sababdan asosiy tarkibda maydonga tushirmayotgani ma'lum bo'ldi

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi hujumchi Antuan Grizmanni atayin asosiy tarkibda tushirmayotgani ma'lum qilindi.

“Daily Mail” nashrining xabar berishicha, madridliklar shu tariqa “Barselona”ga bonus toʻlash majburiyatidan chetlab oʻtmoqchi. Agar Grizmann Madrid klubi safidagi 2 mavsumlik ijara muddati davomidagi 50 foiz oʻyinlarda asosiy tarkibda maydonga tushirilsa, “Atletiko” futbolchining transfer huquqiga egalik qiluvchi “Barselona”ga qo'shimcha 34 million funt bonus toʻlashiga toʻgʻri keladi.

31 yoshli fransiyalikning ijarasi 2023-yilning yozida yakunlanadi. U “Barselona”ga 2019-yilda 120 million yevro evaziga oʻtgan edi. Joriy mavsumda Grizmann La Liga 2 oʻyinida maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Avvalroq, “matraschilar” klubning 5 nafar yuqori maoshli futbolchilarining maoshlarini kamaytirmoqchi ekanligi va ularning orasida Grizmann ham borligi xabar qilingan edi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101109 | Инструменты