"Barselona" moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Frenki de Yongni yozda sotib yubormoqchi

"Barselona" yarim himoyachi Frenki de Yongni keyingi yozda sotib yuborishi mumkin, deb xabar bermoqda Goal.com o'z manbalariga tayanib.

Kataloniya klubi mavjud vaziyatdan xavotirda. "Barsa" jiddiy moliyaviy muammolar klubni yarim himoyachidan ajralishga majbur qilishi mumkin deb hisoblaydi.

Qayd etilishicha, futbolchini "Bavariya" sotib olishga harakat qiladi. Oldinroq Myunxen klubi de Yongga qiziqish bildirayotgani va allaqachon uning agenti bilan bog'langani haqida xabar berilgan edi.

Yarim himoyachining "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Uning tovon puli 400 million evroni tashkil qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112204 | Инструменты