Huawei 1
“Bavariya” bosh murabbiyini iste'foga chiqaradimi? Klub prezidenti javob berdi

Germaniyaning “Bavariya” klubi prezidenti Gerbert Hayner jamoaning Bundesligadagi natijalari va Nagelsmanning iste'foga chiqishi to'g'risidagi xabarlarga izoh berdi.

“Ketma-ket 4 ta g'alabasiz oʻyin, albatta, biz va muxlislarimiz tasavvur qilgan voqea emas. Jamoa har bir oʻyinda koʻplab vaziyatlarni yaratmoqda, afsuski bu natijada aks etmayapti. Ammo biz jamoaga va Nagelsmannga ishonamiz.

Terma jamoalar oʻyinlari uchun moʻljallangan tanaffusdan soʻng biz yana hujumga oʻtamiz, bu “Bavariya”ga xos xislat. Mavsum endi boshlandi va bizda yuqori maqsadlarga erishish uchun salohiyat borligini bilamiz”, — deydi prezident.

Ma'lumot uchun, 7-turdan soʻng myunxenliklar Bundesliga turnir jadvalining 5-pogʻonasida borishmoqda. Soʻnggi 4 ta turda jamoa 3 ta durang va 1 ta magʻlubiyat qayd etgan.

Avvalroq, “Bavariya” bosh murabbiy Yulian Nagelsmann oʻrniga Tomas Tuxelni tayinlamoqchi ekani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42710 | Инструменты