Toshkentda bankka o‘yinchoq to‘pponcha bilan hujum qilingan erkak video eʼlon qilindi

Toshkentda erkak o‘yinchoq to‘pponcha bilan bankni o‘marmoqchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Toshkent shahar IIBB hodisa sodir bo‘lgan vaqtda kuzatuv kameralariga tushib qolgan kadrlarni eʼlon qildi. 

Kameralardan ko‘rilsa, yuziga niqob taqqan shaxs bank xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridan biriga o‘yinchoq to‘pponchani ko‘tarib, bostirib kiradi va bank xodimasini qo‘rqitib, undan pul talab qiladi.

Bank xodimasi esa tashvish tugmasini bosadi va uni ko‘rgan erkak esa bankdan qochib chiqib ketadi. Chaqiruv asosida voqea joyiga yetib kelgan IIO xodimlari erkakni qo‘lga olishgan.

"Ertalab uydan chiqqanimda nabiramning kichkina o‘yinchoq to‘pponchasi cho‘ntagimda qolib ketgan ekan. Ozgina oldi berdim bor edi. Bilmadim nega bu ishni qildim o‘zim ham hayronman. Qarzlar sabab tushkunlikka tushgan edim. Yunusobodga kelib, shu ishni qilib qo‘ydim. Ichkariga kirganimda, o‘zimga o‘zim aytdim, Zokir noto‘g‘ri ish qilyapsan. Keyin, o‘zim chiqib ketdim. Hech kimga tegmadim, pul ham olmadim. Hammadan uzr so‘rayman, agar kechirolsangiz, kechiring", - deydi gumonlanuvchi erkak.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты