Benzema “Yilning eng yaxshi o'yinchisi” sovrini uchun raqiblarini qancha ovozga ortda qoldirgani ma'lum bo'ldi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hujumchisi Karim Benzema katta farq bilan UEFAning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi.

“Real” hujumchisi ovoz berish jarayonlarida 523 ochko bilan 1-oʻrinni egalladi. Fransiyalik futbolchi  “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyneni (122) 401 ochkoga ortda qoldirdi.

Madrid klubi posboni Tibo Kurtua esa 118 ochko bilan uchinchi oʻrinni egalladi. Qolgan barcha nomzodlar 54 balldan koʻp toʻplay olmadi. Hujumchi Robert Levandovski (“Bavariya”/“Barselona”) 54 ochko olgan boʻlsa, kuchli beshlikni “Real” yarim himoyachisi Luka Modrich (52) yakunlab bergan.

Avvalroq, Karlo Anchelottining Yevropa Chempionlar ligasi qur'asi haqida fikr bildirgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31209 | Инструменты