Huawei 2
Bugun “Paxtakor-79” fojeasiga 42 yil to‘ldi

1979-yilning 8-avgust kuni Toshkentda Voroshilovgradning “Zarya” klubini 3:1 hisobida dog‘da qoldirdi. Ushbu o‘yin “Paxtakor”ning o‘sha tarkibi uchun so‘nggi uchrashuvga aylanishini hech bir ishqiboz o‘ylab ham ko‘rmagandi.

Bugun avgust oyining 11 kuni, bundan 42 yil avval – 1979-yilning xuddi shu kunida butun O‘zbekison futbol muxlislari uchun og‘ir va unutilmas fojea sodir bo‘lgandi. Aynan shu kuni Ukrainaning Dneprodzerjinsk shahri yaqinida 8400 metr balandlikda Toshkent-Gurev-Donetsk-Minsk yo‘nalishi bo‘ylab uchib borayotgan Tu-134 hamda shu rusumdagi yana bir samolyot havoda to‘qnashib ketdi. Aviahalokat natijasida ikkala havo kemasidagi barcha 178 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari halok bo‘lishdi, shu jumladan, Toshkentning “Paxtakor” jamoasining 17 nafar a’zosi olamdan ko‘z yumdi.

1979-yilning 8-avgust kuni Toshkentda Voroshilovgradning “Zarya” klubini 3:1 hisobida dog‘da qoldirdi. Ushbu o‘yin “Paxtakor”ning o‘sha tarkibi uchun so‘nggi uchrashuvga aylanishini hech bir ishqiboz o‘ylab ham ko‘rmagandi. 13-avgustda Minskda “Dinamo”ga qarshi belgilangan uchrashuv arafasida ro‘y beradigan halokat hali butun millatni larzaga solishini hech kim bilmasdi.

 Bir soniya ichida samoga sochilib ketgan o‘n yetti o‘g‘lon, o‘n yetti qalb, o‘n yetti orzu va umid...  Ravil Agishev, Mixail An, Olim Ashirov, Sirojiddin Bozorov, Konstantin Bakanov, Yuriy Zagumennix, Shuhrat Eshbo‘tayev, Aleksandr Korchyonov, Nikolay Kulikov, Vladimir Makarov, Sergey Pokatilov, Vladimir Sobirov, Idgay Tazetdinov, Mansur Tolibjonov, Vladimir Fyodorov, Viktor Churkin, Vladimir Chumakov...

Bu nomlar o‘zbek halqi, futbol ishqibozlari xotirasida abadiy qoladi. Ular maydonda maydondan tashqarida qilib o‘tgan ishlar  hali ko‘p yillar davomida yosh avlod vakillari uchun dars sifatida o‘rganiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga