“Chelsi” futbol tarixidagi eng qimmat transferlardan birini amalga oshiradi
“Benfika” yarim himoyachisi Enso Fernandes “Chelsi”ga o‘tadi.
Taniqli jurnalist-insayder Janluka di Marsioning yozishicha, argentinalik futbolchining umumiy narxi 127 million yevroni tashkil etadi. “Chelsi” Portugaliya klubi so‘ragan 120 million yevroni to‘laydi. Undan tashqari barcha summani birdan bermagani uchun yana qo‘shimcha 7 million to‘lab beradi. London klubi 21 yoshli futbolchining transfer summasini 3 ga bo‘lib to‘laydi. Transfer tez orada rasmiylashtirilishi kutilmoqda.
Agarda Enso “Chelsi” safiga o‘tsa, tarixdagi eng qimmat transferlardan biriga aylanadi. Faqatgina besh nafar futbolchiga 127 milliondan ortiq pul to‘langan.
Futbol tarixidagi eng qimmat transferlar top-10 ligi (Fernandesning “Chelsi”ga o‘tish ehtimoli hisobga olinganda):
1. Neymar – 222 million yevro, “Barselona”dan “PSJ”ga, 2017/18;
2. Kilian Mbappe – 180 mln yevro, “Monako”dan “PSJ”ga, 2018/19;
3. Usmon Dembele – 140 mln yevro, “Borussiya Dortmund”dan “Barselona”ga, 2017/18;
4. Filippe Koutinyo – 135 mln yevro, “Liverpul”dan “Barselona”ga, 2017/18;
5. Joau Feliks – 127,2 mln yevro, “Benfika”dan “Atletiko”ga, 2019/20;
6. Enso Fernandes – 127 mln evro, “Benfiki”dan “Chelsi”ga, 2022/23;
7. Antuan Grizmann – 120 mln yevro, “Atletiko”dan “Barselona”ga, 2019/20;
8. Jek Grilish – 117,5 mln yevro, “Aston Villa”dan “Manchester Siti”ga, 2021/22;
9. Krishtianu Ronaldu – 117 mln evro, “Real”dan “Yuventus”ga, 2018/19;
10. Eden Azar – 115 mln yevro, “Chelsi”dan “Real”ga, 2019/20.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40604 | Инструменты