Huawei 2
Denis Kazanskiy va Aleksandr Yelagin Yevro-2020 o'yinlarini «UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallarida sharhlab borishadi

«UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallari o'zbek muxlislariga futbol bo'yicha Yevropa chempionatining barcha uchrashuvlarini jonli efirda taqdim etadi.

Futbol uchrashuvlari bir vaqtning o'zida ikki tilda — o'zbek va rus tillarida sharhlab boriladi. Teletomoshabinlar o'z xohishlariga ko'ra sharh tilini televizor pulti yordamida tanlashlari mumkin bo'ladi.

O'zbek tilida o'yinlarni Xayrulla Hamidov, Davron Fayziyev, Bobur Akmalov, Hasan Turdaliyev, Orif Tolipov, Muhammadali Muhammadkarimov sharhlab borishadi.

Rus tilidagi sharhlarda esa Jasurbek G'aybullayev, Oleg Kan, Murod Urunbayev, Maksim Fadeyevlar ishlashadi. 19 iyundan boshlab ular safiga telekanalimiz muxlislari uchun yaxshi tanish bo'lgan qozog'istonlik sharhlovchi Dmitriy Mostovoy ham qo'shiladi.

Tomoshabinlar uchun yana bir syurpriz: rossiyalik mashhur futbol sharhlovchilari Denis Kazanskiy va Aleksandr Yelagin 1/8 final bosqichidan boshlab Yevropa chempionati o'yinlarini «UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallarida sharhlab borishadi.

Sevimli jamoangizni birgalikda qo'llab-quvvatlang!

Syurprizlar mavsumi davom etadi!

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga