Huawei 1
18 ta mamlakat yetakchilari HAMASni G'azo sektoridagi garovdagilarni ozod qilishga chaqirdi

AQSh, Germaniya va yana 16 ta davlat Falastinning radikal islomiy tashkiloti HAMASni G‘azo sektorida 200 kundan ortiq garovga olinganlarni ozod qilishga chaqirdi. Bu haqda 25-aprel, payshanba kuni Oq uy saytida chop etilgan qo‘shma bayonotda ma'lum qilindi.  

AQSh prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Olaf Sholsdan tashqari uni Avstriya, Argentina, Braziliya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Daniya, Ispaniya, Kanada, Kolumbiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Serbiya, Tailand va Fransiya rahbarlari imzoladilar. 

"Biz G'azoda 200 kundan ortiq vaqtdan beri HAMAS tomonidan garovga olingan barcha shaxslarni zudlik bilan ozod qilishga chaqiramiz. Ular orasida fuqarolarimiz ham bor. G'azoda garovga olinganlar va xalqaro huquq himoyasida bo'lgan tinch aholining taqdiri xalqaro miqyosda tashvish uyg'otmoqda", - deyiladi bayonotda.

Hujjatda qayd etilishicha, bunday kelishuv zudlik bilan va doimiy o‘t ochishni to‘xtatishga olib keladi, qo‘shimcha insonparvarlik yordami hajmini oshirishga yordam beradi va harbiy harakatlarni tugatishga olib keladi.

“Biz yana bir bor HAMASni garovga olinganlarni ozod qilishga va inqirozni hal qilishga chaqiramiz, shunda diqqatimizni mintaqada tinchlik va barqarorlik oʻrnatishga qaratishimiz mumkin”, dedi 18 davlat yetakchilari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga