Huawei 2
O‘zbekistonda bir haftada qariyb 18 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasining xabar berishicha, 15-apreldan 21-aprel oralig‘ida 4 331 ta avtoraqamlar bo‘yicha auksion savdolar amalga oshirilgan bo‘lib, ularning jami summasi 17 843,9 mln so‘mni tashkil etdi. 

Amalga oshgan bitimlarning 95% ulushi jismoniy shaxslarga 17 004,8 mln so‘mga teng 4 207 ta avtoraqam) va 5% ulushi yuridik shaxslarga (839,1 mln so‘mga teng 124 ta avtoraqam) to‘g‘ri keladi. 

Tuzilgan bitimlarning bittasi bo‘yicha o‘rtacha qiymat 4,1 mln so‘mni tashkil etib, sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 206,0 mln so‘mni tashkil qildi. 

Bundan tashqari, avtoraqam.uzex.uz axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar soni 685 373 nafarni tashkil etmoqda, shulardan 658 042 nafari jismoniy shaxslar va 27 331 nafari yuridik shaxslarga to‘g‘ri keladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga