O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov to‘p suruvchi Italiyaning “Roma” klubiga Klaudio Raneri bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, 73 yoshli mutaxassis mavsum oxirigacha jamoani boshqaradi. Keyin esa u klubda katta rahbarlik lavozimiga o‘tadi va barcha sport masalalari bo‘yicha maslahatchi bo‘ladi. Navbatdagi bosh murabbiy qidiruvi yaqin oylarda davom etadi va bu qarorda Klaudioning fikri ham inobatga olinadi.
Italiya poytaxti Rim shahrida tug‘ilgan Raneri futbolchi sifatida 1973-74 yilgi mavsumda rimliklar libosini kiygan va keyinchalik ikki marta jamoa bosh murabbiyi sifatida xizmat qilgan (2009-2011 va 2019 yillarda).
Raneri Yevropaning turli klublarida ishlagan. Xususan, u 2015-2016 yilgi mavsum Angliya Premer ligasida “Lester” bilan chempion bo‘lib, tarixiy natija qayd etgan.
U 2023-2024 yilgi mavsumda Eldor Shomurodov ijara asosida to‘p surgan Italiyaning “Kalyari” jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111515 | Инструменты