Slovakiya prezidenti ma’muriyati sobiq prezident Andrey Kiska soliqqa oid firibgarlikda ayblangani uchun unga pensiya to‘lashni to‘xtatganini ma’lum qildi.
ABC News xabariga ko‘ra, 14-noyabr kuni Slovakiya prezidenti ma’muriyati sobiq prezident Andrey Kiska soliqqa oid firibgarlikka aloqadorligi sababli unga pensiya to‘lashni to‘xtatganini ma’lum qilgan.
Slovakiya prezidentlari lavozimini tark etgach, yiliga 50 ming dollarga yaqin pensiya oladi.
Prezident maʼmuriyatining qoʻshimcha qilishicha, toʻlovlarning toʻxtatilishiga 31-oktabrdagi apellyatsiya sudi qarori sabab boʻlgan, u Kiskani soliq firibgarligida aybdor deb topib, bir yil shartli qamoq jazosiga hukm qilgan quyi sud qarorini tasdiqlagan.
Hukm yakuniy, biroq aybiga iqror boʻlmagan Kiska fursatdan foydalanib, mamlakat Oliy sudida oʻz nomini tozalashga urinib, hukmga eʼtiroz bildirishini aytdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111517 | Инструменты