Hafta o‘rtasida kuzatilgan sovuqdan so‘ng, bugun va yaqin kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha havo asta-sekin iliqlashadi.
Bugun kunduzi havo harorati 8-11o iliq atrofida bo‘ladi, yakshanba kuni esa termometr ustuni 14-17o iliqgacha ko‘tariladi.
Kechalari harorat biroz sekin ko‘tariladi va 0-5o iliqni, shimolda ba’zi joylarda 1-2o sovuqgachani tashkil etadi.
Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Poytaxtda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat asosan kechlari 0-3o iliq, kunduz kunlari 15 noyabrda 8-11o iliq, 16 noyabrda 11-13o iliq, 17 noyabrda 14-16o iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111517 | Инструменты