Huawei 1
"Fantastik o‘yin bo‘ldi, bu jasorat, matonat namunasi" - Islombek Ismoilov Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuv va chempionlik haqida

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuv va chempionlik xususida fikr bildirdi.

"Avvalo, O‘zbekiston xalqiga g‘alaba muborak bo‘lsin. Bu g‘alaba zamirida juda ko‘pchilikning mehnati yotibdi. So‘nggi yillarda yurtboshimiz sportga, ayniqsa futbolga alohida e'tibor qaratmoqda. Buning uchun tashakkur aytamiz. Shuningdek, O‘FA rahbariyati, Xalqaro aloqalar va Terma jamoalar bo‘limi hamda bizning jamoamiz uchun mehnati singgan har bir insonga minnatdorlik bildiramiz. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan shu kunga qadar biz uchun juda ko‘plab yig‘inlar tashkil etildi, xalqaro turnirlarda ishtirok etishimiz uchun sharoit yaratib berildi.

Vatanimiz doimo qahramonlar, mard insonlar yurti bo‘lgan. Buni futbolchilarimiz yana bir bor maydonda ko‘rsatib berishdi. Fantastik o‘yin bo‘ldi, bu jasorat, matonat namunasi. Yigitlarga rahmat aytaman, ular imkonsiz vazifani bajarishdi. Hissiyotlarimizni so‘z bilan ta'riflab bo‘lmaydi. Oldimizda yanada muhim turnir bizni kutmoqda. Jahon chemionatida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilamiz", dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42114 | Инструменты