Faoliyatini yakunlagan Pike endi “Barselona” prezidentiga aylanmoqchi
Ispaniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jerar Pike yaqin vaqt ichida klub prezidenti boʻlmoqchi. Bu haqda “Sport.es” nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, futbolchi boʻlajak saylovlar uchun jamoasini shakllantirishga kirishgan. “Barselona”da navbatdagi prezidentlik saylovlari 2025-yilda boʻlib oʻtadi. Klubning hozirgi prezidenti Joan Laporta hisoblanadi.
Pike “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 5-noyabr kuni u Ispaniya chempionati 13-turi doirasida “Almeriya”ga qarshi (2:0) jamoasi uchun soʻnggi oʻyinni oʻtkazdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43001 | Инструменты