Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rasmiy sayti 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida yorqin o‘yin namoyish etayotgan olti nafar yosh yulduzlar qatorida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va SSKA futbolchisi Abbos Fayzullayevni e’tirof etdi.
“OFK tomonidan “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” deb topilganidan so‘ng, Fayzullayev O‘zbekiston safida KXDRga qarshi yana bir ajoyib o‘yin ko‘rsatib, o‘z obro‘sini oshirishda davom etmoqda. Kichik bo‘yli ekaniga qaramay, ajoyib texnik xususiyatlarga ega. Moskvada yashovchi “sehrgar” Ventyandagi bellashuvda yagona gol muallifiga aylandi. U uzoq masofadan urgan goli evaziga “Oq bo‘rilar”ning tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqish yo‘lidagi harakati davom ettishiga hissa qo‘shmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli Fayzullayev O‘zbekiston terma jamoasi safida oxirgi 2 ta o‘yinda 3 ta gol urdi. U Qatar darvozasini 2 marta ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Shimoliy Koreya darvozasiga yagona g‘alaba to‘pini kiritdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112221 | Инструменты