O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-mart kuni iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"O‘zbekiston 2030" strategiyasining borishi va uni joriy yilda amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturining ijrosi ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonning JSTga kirish bo‘yicha muzokaralar jarayoni doirasidagi ishlarni faollashtirish, jumladan, milliy normativ-huquqiy hujjatlarni tashkilot talablariga uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ichimlik suvi ta’minoti, maktablar infratuzilmasini yaxshilash, onkologik kasalliklarning oldini olish, davlat xizmatida sifatni oshirish va raqobatni ta’minlash borasidagi loyihalar bo‘yicha aniq amaliy choralarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, jumladan, investorlar huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish masalasiga e’tibor qaratildi. Shu ma’noda, maslahatchi ilg‘or xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda tijorat nizolarini hal qilishning aniq mexanizmlarini taklif etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112302 | Инструменты