Huawei 1
FIFA U-17 Jahon chempionatiga qur’a tashlash sanasi ma'lum bo'ldi

FIFA 2025-yilning 3–27-noyabr kunlari Qatar mezbonlik qiladigan U-17 Jahon chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi. Unga ko‘ra mazkur tadbir joriy yilning 25-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Doha shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mundialda ishtirok etuvchi 48 jamoa 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 2-savatchadan o‘rin olgan:

1-savatcha

Qatar (musobaqa mezboni)
Braziliya
Fransiya
Mali
Germaniya
Meksika
Argentina
Angliya
Yaponiya
Paragvay
AQSh
Senegal

2-savatcha

Koreya Respublikasi
Marokash
O‘zbekiston
Italiya
Belgiya
Yangi Zelandiya
Chili
Venesuela
Xorvatiya
Kolumbiya
Gonduras
Burkina-Faso

3-savatcha

Kosta-Rika
Tojikiston
Panama
Indoneziya
KXDR
Kot'D-Ivuar
Tunis
Yangi Kaledoniya
Kanada
JAR
Avstriya
Gaiti

4-savatcha

BAA
Portugaliya
Chexiya
Irlandiya
Shveysariya
Zambiya
Misr
Uganda
Boliviya
Saudiya Arabistoni
El-Salvador
Fiji

Ma’lumot o‘rnida, mazkur musobaqa joriy yilning 3–27-noyabr kunlari Qatar mamlakatida bo‘lib o‘tadi. 12 guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan 24 jamoa va eng yaxshi 8 ta 3-o‘rin sohiblari 1/16 final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51320 | Инструменты