U kamida 6 oyni o‘tkazib yuboradi
Kecha, 22-noyabr kuni futbol bo‘yicha Qatardagi Jahon chempionati guruh bosqichi ilk turida Fransiya terma jamoasi Avstraliyaga qarshi bahs olib bordi va unda amaldagi chempionlar 4:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi 13-daqiqasida fransuzlar himoyachisi Lukas Ernandes jiddiy jarohat sababli o‘yinni davom ettira olmadi va zaxirada olindi. Uchrashuvdan so‘ng, himoyachi Lyuka Ernandesga shifokorlar tomonidan oʻng tizzaning oldingi xochsimon payi yirtilishi tashxisi qoʻyildi.
Natijada “Bavariya” aʼzosi endi JCH-2022 oʻyinlarida maydonga tusha olmasligi oydinlashdi.
Bundan tashqari, bu tipdagi jarohatlardan keyin tiklanishga kamida 6 oy ketishi ham qayd etib o‘tilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112607 | Инструменты