Huawei 1
Xitoyda g‘amgin kuchukchani eslatuvchi qoya topildi

Xitoyning Yanszi daryosi qirg‘og‘idagi qoya kutilmaganda diqqatga sazovor joyga aylandi: so‘nggi paytlarda u yerga sayyohlar oqimi ko‘paymoqda. Bunga sabab shuki, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hayratlanarli o‘xshashlikni aniqladi — qoyaning shakli it boshiga o‘xshab ketadi, deb yozmoqda Associated Press.

Yanvar oyi oxirida shanxaylik dizayner Go Tsinshan Hubey provinsiyasidagi o‘zi tug‘ilgan Ichan shahri yaqinida sayr qilgan. Keyinroq dizayner tog‘ bag‘rida olgan suratlarini ko‘zdan kechirar ekan, ulardan birida aks etgan qoya g‘amgin kuchuk bolasini eslatishini payqadi. Go ilgari hech qachon bu o‘xshashlikni sezmagan edi. Tsinshan suratni Xitoyning RedNote ijtimoiy tarmog‘ida ulashdi va qoyani “Kuchuklar tog‘i” deb atadi.

“Kuchukcha xuddi suv ichayotgandek yoki baliqlarni tomosha qilayotgandek turardi. U go‘yoki Yanszi daryosini xotirjam qo‘riqlayotganga o‘xshardi”, — deb ta’kidladi Go.

Ijtimoiy tarmoqning boshqa foydalanuvchilari ham bu o‘xshashlikni payqadi — Goning posti o‘n kun ichida 120 mingta layk to‘pladi. Weibo platformasida esa xitoycha “Kuchuklar tog‘i” ma’nosini anglatuvchi #xiaogoushan xeshtegi millionlab ko‘rildi.


Foydalanuvchilar o‘z itlarini qoyadagi shakl bilan taqqoslamoqda. Boshqalari esa to‘g‘ridan to‘g‘ri Ichanga borib, tog‘ fonida itlarini suratga olmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22821 | Инструменты