Huawei 1
Janubiy Koreya qiruvchi samolyoti mashg‘ulot paytida tasodifan turar-joy hududiga bomba tashladi

Janubiy Koreyadagi mashg‘ulotlar paytida KF-16 qiruvchi samolyoti tasodifan Pochon shahridagi turar joy hududiga sakkizta MK-82 bombasini tashladi. Bu haqda harbiy manbalarga tayanib, Yonhap xabar berdi.

Foto: AFP

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yetti kishi jarohatlangan, to‘rt nafarining ahvoli og‘ir. Shuningdek, bir nechta turar joy binolari va cherkov shikastlangan. Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlari hodisa yuzasidan tergov boshlagan.

Havo bombalarining tasodifan tushishi oqibatida tinch aholi jabrlanganidan chuqur afsusdamiz va jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz, deyiladi Harbiy-havo kuchlari bayonotida.

Yonhap nashri bombalar tashlanganidan keyingi suratni ham e’lon qilgan. Suratda kuchli shikastlangan uy, uning yonidagi yerda esa vayronalar sochilib yotganini ko‘rish mumkin.

Foto: X

Military officials inspect an area where a suspected bomb was dropped in Pocheon, 42 kilometers northeast of Seoul, on March 6, 2025, in this photo provided by a reader. (PHOTO NOT FOR SALE) (Yonhap)

Janubiy koreyalik harbiy xizmatchilarning agentlikka ma’lum qilishicha, Pochon shahridagi Sinchjin poligoni hududida harbiy-havo kuchlari, quruqlikdagi qo‘shinlar hamda Janubiy Koreyada joylashgan AQSH qo‘shinlari ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilgan.

Foto: Korea Times

Janubiy Koreya va AQSHning eng yirik yillik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlaridan biri — Freedom Shield mart oyi oxirida boshlanishi rejalashtirilgan.

1950–1953-yillardagi Koreya urushi tinchlik shartnomasi emas, balki sulh bilan yakunlangani sababli Janubiy va Shimoliy Koreya texnik jihatdan hanuz urush holatida hisoblanadi. AQSH Janubiy Koreyada o‘n minglab askarlarini joylashtirgan bo‘lib, bu qisman Seulni Pxenyanga qarshi himoya qilishga qaratilgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30616 | Инструменты