Huawei 1
Futzal. O‘zbekiston Vyetnam ustidan irodali g‘alabaga erishib, yarim finalga yo‘l oldi

Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak finalida O‘zbekiston terma jamoasi 24-aprel, chorshanba kuni Vyetnamga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Nguyen Tin Fat Vyetnamni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim ushbu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston hisobni tenglashtirdi. 34-daqiqada Elbek To‘lqinov gol muallifiga aylandi. 39-daqiqada esa Sunnatulla Jo‘rayev O‘zbekistonga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yarim finalda O‘zbekiston Eronga qarshi bahs olib boradi.

Futzal. Osiyo Kubogi

Chorak final bahsi

24-aprel, chorshanba

O‘zbekiston – Vyetnam 2:1

Gollar: 0:1 — 17 Nguyen Tin Fat, 1:1 — 34 Elbek To‘lqinov, 2:1 — 39 Sunnatulla Jo‘rayev.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga