Huawei 1
Garet Beyl yangi jamoasida “Real”dagiga qaraganda 13 baravar kamroq maosh oladi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi sobiq futbolchisi, uelslik hujumchi Garet Beyl MLSning “Los-Anjeles” klubiga ko'chib o'tganidan xabaringiz bor. Klub matbuot xizmati bugun, 29-iyun kuni futbolchining maoshini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, “1+1,5” koʻrinishida shartnoma imzolagan uelslik hujumchi yangi jamoasida yiliga 1,6 mln dollar ishlab topadi. Taqqoslash uchun, 32 yoshli futbolchi Madrid klubida yiliga hozirgi maoshidan deyarli 13 baravar koʻp pul, ya'ni 20,3 mln dollar maosh olib kelgan.

Ma'lumot uchun, Beyl oʻtgan mavsumda La Ligada 5 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Izohlar: 5
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60904 | Инструменты