Huawei 1
Fransiya terma jamoasi yetakchi futbolchisi Jahon chempionatida jarohati tufayli ishtirok etolmasligi mumkin

Angliyaning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Ngolo Kante orqa sonidan olgan jarohati jiddiy boʻlib chiqdi.

Fransiyaning “LʻEquipe” nashri xabariga koʻra, 31 yoshli Ngoloning jarohati qaytalagan, shu sabab u yana bir necha haftani oʻtkazib yuboradi. Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Deshamning futbolchini JCh–2022 qaydnomasiga kiritishi borasida shubhalar kuchaymoqda.

Ma’lumot uchun, Kante bu mavsumda Premyer-ligada atigi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan. U 14-avgustdan beri APLda oʻynamayapti.

Avvalroq, Argentina terma jamoasining 2 muhim a’zosi Anxel di Mariya hamda Paulo Dibalaning Mundialni oʻtkazib yuborish ehtimoli yuqori ekanligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102418 | Инструменты