Fransiyada yana bir yo'qotish: terma jamoa yetakchilaridan biri Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin
Italiyaning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba yana jarohat oldi va shu tufayli unda 2022-yilgi Jahon chempionatini o'tkazib yuborish xavfi bor.
Yarim himoyachi iyul oyida olgan jarohatidan yaqinda tuzalib, safga qaytgan edi. Biroq, mashg'ulotlardan birida u yana yangi jarohat olgan. Pogbaga son mushaklari jarohati tashxisi qo'yilgan. Pol kamida 10 kun o'tkazib yuboradi.
Qayd etilishicha, ushbu jarohat tufayli yarim himoyachi 20-noyabr kuni Qatarda boshlanadigan Jahon chempionati uchun Fransiya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilmasligi mumkin. Jamoalar yakuniy arizalarini 13-noyabrgacha topshirishlari kerak.
Avvalroq, Fransiya terma jamoasining boshqa bir yetakchisi ham Mundialni o'tkazib yuborishi aniq bo'lgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60716 | Инструменты