“Hammasini detallar hal qildi”, — Xavi MYUga qarshi mag‘lubiyat sabablarini ochiqladi
Ispaniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi Yevropa Ligasi 1/16 finalidan oʻrin olgan “Manchester Yunayted” (1:2, birinchi oʻyin — 2:2) bilan oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
“Raqibning birinchi goli bizni xafa qildi. Yakkakurashlarni boy berishlar ikkinchi boʻlimda qimmatga tushdi. Ular intensivlikni oshirishdi.
Hammasini detallar hal qildi. Oʻz yuzimizni koʻrsata oldik va yaxshiroq natijaga loyiq edik. Bizda vaziyatlar boʻldi. Afsusdaman. Bugun kichik detallarni nazorat qilmadik va shuning uchun turnirni tark etyapmiz. Oʻtgan mavsumga qaraganda yaxshiroq oʻynagandekmiz. Yuzimizni koʻrsatdik. Kelgusi yil yana urinib koʻramiz.
Oʻzimizni tanqid qilishimiz kerak. Endi bor eʼtiborni La Liga va kubokka qaratish kerak. Ijobiy tomoni shundaki, bizda yakshanba kuni oʻyin, keyin esa kubok yarimfinal bor. Diqqatimizni shunga qaratishimiz zarur. Kazemiro va Varan bilan gaplashdim. “Yunayted”ni hurmat qilaman va ularni tabriklayman”, — deydi Xavi.
Avvalroq, Erik ten Hagning “Barsa”ga qarshi bahsdan so‘ng, bildirgan fikrlarini ma’lum qilgan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71215 | Инструменты