Huawei 1
Karlo Anchelotti: “Bu Chempionlar Ligasi avvalgilariday bo'lmaydi, sababi hamma o'yin 2 oy ichida bo'ladi ”

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yevropa Chempionlar Ligasi qurʼasi natijalari haqida fikr bildirdi.

Madridliklar “F” guruhida “Leypsig”, “Shaxtyor” va “Seltik” bilan kuch sinashadi.

“Bu yilgi Chempionlar Ligasi avvalgidek boʻlmaydi, chunki barcha oʻyinlar ikki oy ichida oʻtkazilishi kerak.

Oʻtgan mavsumda “Santyago Bernabeu”da “Sherif”ga qarshi oʻyin oson boʻladigandek tuyulgan, ammo biz magʻlub boʻlgandik. Shuning uchun, raqibga hurmat koʻrsatishimiz kerak. Leypsig va Glazgodagi oʻyinlar oson boʻlmaydi”, — deydi Anchelotti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121610 | Инструменты