Konya-2021: Azizbek Boynazarov musobaqa doirasidagi 4-medalni qo'lga kiritish arafasida
Xabaringiz bor, shu kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o'yinlari xalqaro musobaqasi bo'lib o'tmoqda. Bugun, 10-avgust kuni musobaqaning navbatdagi kungi bellashuvlarida qoʻlga kiritishimiz mumkin bo'lgan medallarimiz soni avvalgi kunlardan koʻproq boʻlishi kutilyapti.
Musobaqaning para suzish bahslarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Azizbek Boynazarov 100 metrga chalqancha usulda suzish boʻyicha saralash bahslarida ishtirok etdi va 1-oʻrin bilan finalda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.
16 yoshli Azizbek ishtirokidagi final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:20 da boshlanishi rejalashtirilgan. Hozircha uning hisobida V Islom birdamligi oʻyinlarining 2 ta oltin va 1 ta bronza medali bor.
Avvalroq, uning musobaqa doirasida ikkinchi oltin medalni qo'lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60914 | Инструменты