Huawei 1
La liganing eng ko‘p haq oladigan futbolchisi maʼlum qilindi

Capology moliya sayti La liganing yangi mavsumi oldidan eng ko‘p haq oladigan futbolchini maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga qaraganda, eng katta oylik “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yongga tegishli, niderlandiyalik futbolchining yillik maoshi 37,5 million yevroni tashkil qiladi. 

Undan keyingi o‘rinda Frenkining jamoadoshi Robert Levandovski turibdi. Hujumchi yiliga 33,3 million yevro ishlab topadi. 

"Real Madrid"ning yangi futbolchisi Kilian Mbappe esa to‘p uchlikni yakunlab bergan. Fransuz yiliga 31,3 million yevro topadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101808 | Инструменты