2026-yil 16-aprel kuni Huawei “Advancing Industrial All Intelligence” mavzusi ostida yillik Hamkorlar sammitini o‘tkazdi. Tadbir kompaniya hamkorlari, mijozlari va AKT hamjamiyati vakillarini birlashtirib, turli sohalarda intellektual transformatsiyani tezlashtirish uchun yangi amaliyotlar va yechimlarni muhokama qilishga bag‘ishlandi. Taqdim etilgan yangi avlod AKT yechimlari, intellektual ilovalar va raqamli tizimlar iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, biznes jarayonlarini soddalashtirish va samaradorligini oshirish hamda yangi o‘sish nuqtalarini topishga xizmat qiladi.
100 dan ortiq ishtirokchilarni jamlagan tadbirda Huawei Enterprise bo‘limi O‘zbekistonda barcha tomonlar uchun foydali bo‘lgan barqaror hamkorlik ekotizimini rivojlantirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. Bu esa chuqur integratsiya va qo‘shma innovatsiyalarni joriy etish orqali amalga oshirilmoqda.
Tadbirni Taylor Chjou Huawei Enterprise’ning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi savdo bo‘yicha vitse-prezidenti ochib berdi. U sanoatlarning intellektuallashuvi mamlakatlar raqobatbardoshligi, korxonalar innovatsionligi va ularning uzoq muddatli o‘sishining asosi ekanini ta’kidladi. “Intellektual transformatsiya yo‘lida hamkorlar bu jarayonning shunchaki ishtirokchilari emas, balki uning harakatlantiruvchi kuchidir. Samarali transformatsiya uchun quyidagilar zarur: texnologik innovatsiyalar, sohaviy ekspertiza, mahalliy darajada xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari hamda ekotizim doirasidagi hamkorlik. Hamkorlarning fidoyiligi, professionalligi va innovatsion yondashuvi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda ko‘plab muhim raqamli transformatsiya loyihalarini amalga oshirish imkonini berdi. Biz umumiy maqsadga qarab intilamiz, bu sanoatlarning umumiy intellektualligi yo‘lida hamkorlikdir” — dedi Teylor Chjou.
Toni Yan, Huawei Uzbekistan Enterprise direktori, 2025-yilda Huawei’ning korporativ segmentdagi faoliyati natijalari bilan o‘rtoqlashdi hamda raqamli transformatsiya sohasidagi barqaror o‘sish va hamkorlar uchun xizmatlarini kengaytirish imkoniyatlarini ta’kidladi. “O‘tgan yili biz O‘zbekistonda 10 dan ortiq sohaviy etalon loyihalarni amalga oshirdik. Ular qatoriga davlat infratuzilma loyihalari, madaniy obyektlarni raqamlashtirish, bank sektori va chakana savdo sohasidagi loyihalar kiradi. Bu esa davlat, korxonalar va biznesning turli iqtisodiy hamda ijtimoiy sohalarda raqamli transformatsiyani jadallashtirishga bo‘lgan intilishini yana bir bor namoyon etadi. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (R&D)ga katta sarmoya kiritadigan kompaniya sifatida biz mijozlarimiz va hamkorlarimizga ilg‘or mahsulotlar hamda ta’lim dasturlarini taqdim etishda davom etamiz, bu esa “Raqamli O‘zbekiston” strategiyasini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi,” — dedi u.

Kompaniya hamkorlik ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha so‘nggi tashabbuslar haqida ham yangilangan ma’lumot berdi, bunda o‘zaro o‘sish va ishonchli raqamli infratuzilmani rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Ushbu yondashuv hamkorlarni rag‘batlantirish, amaliy qo‘llab-quvvatlash, iqtidorlarni rivojlantirish, raqamli vositalarni takomillashtirish va innovatsion mahsulot yechimlarini taqdim etishga qaratilgan asosiy investitsiyalarga tayanadi. Strategiyaning maqsadi — turli sohalardagi mijozlarga muvaffaqiyatli raqamli va intellektual transformatsiyani amalga oshirishda yordam berish uchun hamkorlar bilan yelkama-yelka ishlashdir.
Tadbir davomida kompaniya ekspertlari turli sohalar uchun innovatsion amaliyotlar to‘plamini ham taqdim etdilar, bu esa barcha yo‘nalishlarda intellektuallikka erishishga qaratilgan. Reshat Boltaev, Huawei’ning O‘zbekistondagi AKT yechimlari arxitektori, o‘z nutqida tarmoq infratuzilmasi va ma’lumotlarni saqlash tizimlaridan tortib xavfsizlik platformalarigacha bo‘lgan texnologik yechimlar portfelining asosiy elementlarini ta’kidlab o‘tdi:

Sammit AKT hamjamiyati uchun yana bir muhim muloqot maydoniga aylandi — unda qo‘shma loyihalar muhokama qilindi va strategik hamkorlik mustahkamlandi. Tadbir an’anaviy tarzda O‘zbekistonda qo‘shma raqamli rivojlanishga hissa qo‘shgan hamkorlarni taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.

Huawei O‘zbekistonda 26 yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda, AKT infratuzilmasini mustahkamlash, intellektual texnologiyalar va raqamli platformalarni joriy etish bilan faol shug‘ullanmoqda. Bu orqali kompaniya barcha soha va tashkilotlarga yanada moslashuvchan, samarali va dinamik bo‘lishga yordam bermoqda. Kompaniya butun Markaziy Osiyo mintaqasida mustahkam intellektual asos yaratishga intilmoqda. 2026-yil 4–5-may kunlari ilg‘or yechimlar va ekspert qarashlar GITEX Central Asia and Caucasus 2026 doirasida “Atakent” Xalqaro ko‘rgazmalar Markazida, Qozog’izistonning Olmaota shahrida namoyish etiladi. Ushbu tadbirda kompaniya strategik homiy sifatida ishtirok etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41721 | Инструменты