Robert Levandovski Polsha milliy jamoasidagi faoliyatini to‘xtatdi. “Barselona” hujumchisi bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qildi.
"Polsha bosh murabbiyiga ishonch yo‘qolganini hisobga olib, murabbiy ketmaguncha milliy jamoada o‘ynashdan voz kechishga qaror qildim.
Kelajakda yana dunyodagi eng yaxshi muxlislar uchun o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lishimga umid qilaman", — deb yozdi Levandovski.
Polsha ustozi Mixal Probej 2023 yil sentyabrida milliy jamoada ish boshlagandi. Uning boshqaruvida polyaklar Yevro-2024 musobaqasidan birinchi bo‘lib chiqib ketdi.
36 yoshli Levandovski Polsha milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi — u 85 ta gol urgan. Robert jamoada 2008 yildan beri o‘ynaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71701 | Инструменты