"Liverpul" va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Diogu Jota Ispaniyada avtohalokatda vafot etdi. Bu haqda Marca sport nashri xabar berdi.
"Liverpul" hujumchisi Jota Ispaniya g'arbida A-52 avtomagistralining 65-kilometrida halokatga uchradi. "Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 00:40 da sodir bo'ldi", - deyiladi xabarda.
Gazetaning yozishicha, sportchi bo‘lgan mashina yo‘ldan chiqib ketgan, ag‘darilib ketgan va yonib ketgan. Voqea sodir bo'lgan vaqtda mashinada futbolchining ukasi ham bo'lgan.
Futbolchi 28 yoshda edi. Futbolchi shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida iyun oyi oxirida o‘tkazilgan to‘yidan fotosuratlarni bo‘lishgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81516 | Инструменты