“Manchester Yunayted” Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinlarda yomon natija qayd etmoqda

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Yevropa Ligasi 1-turi doirasida “Real Sosyedad”ga qarshi kechgan bahsda mag‘lubiyatga uchradi (0:1).

Erik ten Hag qo‘l ostidagi jamoa joriy mavsum yettita o‘yin o‘tkazdi va Krishtianu Ronaldu ularning ikkitasida asosiy tarkibda maydonga tushdi: APLda “Brentford”ga (0:4) va Yevropa Ligasida “Real Sosyedad”ga (0:1) qarshi. Ularda mankunianlar gol ura olmagan va yakunda mag‘lubiyatga uchrashgan. Qolgan besh o‘yinda esa “qizil iblislar” kamida bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Ularda 37 yoshli futbolchi zaxiradan maydonga tushgan.

Ronaldu 2022-23-yilgi mavsumda birorta samarali harakat amalga oshira olmadi. U so‘nggi bor 5-iyun kuni Portugaliyaning Shveysariyaga qarshi o‘yinida samarali harakatni amalga oshirgan edi. Hozircha Ronalduning omadsiz yurishi tugagani yo‘q.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52009 | Инструменты