Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning “Paxtakor” klubi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayevning germaniyalik taniqli murabbiy Yoaxim Lyov bilan tushgan surati tarqaldi va bu holat nemis mutaxassisining Toshhkent klubi ustoziga aylanishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarni keltirib chiqardi.
2014 yilda Germaniya terma jamoasini jahon chempioniga aylantirgan 64 yoshli Lyov 2021 yildan ishsiz hisoblanadi. U faoliyati davomida Germaniya terma jamoasidan tashqari o‘z mamlakati, shuningdek, Avstriya va Turkiyaning bir nechta klublarini boshqargan.
U Toshkent klubi murabbiyi bo‘lish-bo‘lmasligi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122708 | Инструменты