Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich kelajagi borasida bir qarorga keldi, deb xabar beradi Sport.es.
Futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga qaror qildi va u yerga 2024-yilning yozida ko'chib o'tmoqchi.
Manbaga ko'ra, 38 yoshli futbolchi ko'proq o'yin vaqtini olish niyatida. Saudiya Arabistonining bir qancha klublari futbolchini sotib olishga tayyor.
Transfermarkt portali Modrichning narxini 10 million yevroga baholamoqda.