“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–9-son, 15.01.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad 2026 – 2030 yillarda aholining kitobxonlik darajasi (1 odam o‘qiydigan kitob soni)ni yiliga o‘rtacha 10 ta kitobga yetkazish etib belgilandi.
Qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi huzurida Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi uning vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi belgilandi:
- tanlov orqali yosh yozuvchilar uchun grantlar ajratish va asarlarini nashr etish, bolalar adabiyoti yo‘nalishidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
- tanlov orqali isteʼdodli mualliflarni aniqlash va ularga
ijod qilish uchun sharoit yaratish maqsadida 1 yilgacha BHMning 50 baravari miqdorida har oy haq to‘lash;
- eng sara xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga va milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilishda nashrga tayyorlash va chop etish xarajatlarining 50 foizi hamda mualliflik huquqi uchun xarajatlarning 80 foizini qoplash;
- vasiylik kengashi aʼzolariga har chorakda BHMning 50 baravarigacha miqdorda mukofot to‘lash.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11612 | Инструменты