“Napoli”ga qarshi bahsda “Spetsiya” tarkibida debyut qilgan Shomurodov mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?
Italiya A Seriyasi 21-turi doirasida Eldor Shomurodov “Spetsiya” safida debyut uchrashuvini oʻtkazdi.
Yakshanba kungi “Spetsiya” – “Napoli” bahsida (0:3) mezbonlar safida asosiy tarkibda maydonga tushgan Eldor Shomurodov omadsiz debyutiga qaramay, jamoasini taslim boʻlmaslikka chaqirdi.
“Bu biz kutgan natija emas. Ammo eng muhimi — taslim boʻlmaslik. Bu libosda ilk marta maydonga tushganimdan juda ham xursandman. Olgʻa, “Spetsiya”, — deya yozadi oʻzbekistonlik 27 yoshli hujumchi “Instagram”dagi sahifasida.
Maʼlumot uchun, Shomurodov oʻtgan haftada 1,5 mln yevro evaziga “Roma”dan “Spetsiya”ga yarim yillik ijaraga berildi. Klub hozirda 21 oʻyindan keyin 18 ochko bilan jadvalda 17-oʻrinni egallab turibdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60506 | Инструменты