Neymar hamda Mbappening o'rtasidagi ziddiyat boshqa masala tufayli yuzaga kelgani ma'lum bo'ldi
Fransiyaning PSJ klubi hujumchilari Neymar va Kilian Mbappe oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashgan.
Jurnalist-innsayder Roman Molinaning xabar berishicha, ushbu ziddiyat sababi faqat penaltilarni kim amalga oshirishida emas. Ta'kidlanishicha, fransiyalik futbolchi yozda rahbariyatdan braziliyalik jamoadoshini sotishni soʻragan, Neymar esa bu haqda bilib qolgan. Shu tufayli Neymar Mbappedan alamzada va u bilan tortishishda davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, “Monpelye”ga (5:2) qarshi oʻyindan soʻng Neymar “Twitter”da “Jamoada penaltini Mbappe emas, Neymar tepishi kerak”, “Galtye Mbappe gol ura olmasa-da, asosiy penaltichi Kilian ekanligini taʼkidlayotgani mantiqsiz” deb yozilgan tvitlarga layk bosgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81721 | Инструменты