“Bavariya” YChL 1/8 finalida PSJga qarshi bahs olib boradi...
Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida muvaffaqiyatsizlikka uchragani yetmaganidek, taʼtilda ham nohush holatga yoʻliqdi.
36 yoshli darvozabon Germaniya bilan uyiga ravona boʻlgach, qishki taʼtilga chiqdi. Qayd etilishicha, futbolchi changʻida uchishda yiqilib, oyogʻini sindirib olgan. Noyer allaqachon oyogʻini gips qilgan va mavsum yakuniga qadar safdan chiqishi oydinlashgan.
“Yil yakuni men uchun yaxshiroq tugashi mumkin edi, ammo... Changʻi uchish paytida oyogʻim sindi. Kechagi jarrohlik amaliyoti yaxshi oʻtdi. Shifokorlardan minnatdorman. Afsuski, joriy mavsum men uchun yakunlanganini qabul qilish ogʻriqli boʻlmoqda. Oʻzingizni ehtiyot qiling”, — deydi Noyer.
Eslatib oʻtamiz, “Bavariya” Chempionlar Ligasi nimchorak finalida PSJga qarshi maydonga tushadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121610 | Инструменты