Huawei 1
Nunyez bilan janjallashgani sababli “Kristal Pelas” a'zosiga o‘lim bilan tahdid qilindi

APL 2-turidan o‘rin olgan “Kristal Pelas” — “Liverpul” bahsida qiziq hodisa kuzatildi. O‘yinning 57-daqiqasida “Kristal Pelas” klubi himoyachisi Yoakim Andersen “Liverpul” hujumchisi Darvin Nunyez bilan janjallashib qolgan va Nunyez unga boshi bilan zarba berib, Andersenni yiqitgan. Bosh hakam Pol Tirni ushbu harakati uchun mersisaydliklar forvardini maydondan chetlatgan. Ahamiyatli jihati, o‘yidan so‘ng mersisaydlik muxlislar Andersenga o‘lim bilan tahdid qilishgan.

Oʻyindan soʻng Andersen oʻziga yozilgan haqoratli xabarlarning skrinshotlarini joylashtirdi. Uning oilasiga ham oʻlim bilan tahdid qilishdi.

“Kecha menga 300-400ta xabar keldi. Jamoangizni qoʻllab-quvvatlayotganingizni tushunaman, lekin hurmat qiling va internetda tahdid qilishni bas qiling.

Umid qilamanki, Premyer-liga bunga qandaydir chora koʻradi”, — deb yozadi daniyalik himoyachi.

“Daily Mail” nashriing xabar berishicha, klub haqorat va tahdidlar haqida politsiyaga xabar berishi mumkin. Bunday holatda “Liverpul” klubi muxlislariga cheklov o‘rnatilishi mumkin.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121917 | Инструменты