AQSH prezidentining nutqidan asosiy iqtiboslar quyidagilar:
Amerikaning "Oltin asri" hozirdan boshlanadi;
Amerika tez orada oldingidan ham buyuk, qudratli va ajoyib mamlakatga aylanadi;
Mening hayotim suiqasddan bekorga saqlab qolinmadi. Xudo meni Amerikani yanada buyuk davlatga aylantirishim uchun asrab qoldi;
So‘nggi sakkiz yil ichida men AQSH tarixidagi barcha prezidentlarga nisbatan ko‘proq sinov va muammolarga duch keldim;
Bugundan boshlab, bizning mamlakat butun dunyoda eng hurmatga sazovor davlatga aylanadi. Biz barcha davlatlarning havasini uyg‘otamiz va hech kimning bizdan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaymiz;
Suverenitetimiz o‘zimizga qaytariladi, xavfsizligimiz tiklanadi;
Amerika tanazzuli bugundan to‘xtaydi;
Bizda o‘z chegaralari va fuqarolarini himoya qila olmaydigan, boshqa mamlakatlarni himoya qilish uchun pul sarflaydigan hukumat bor edi;
Adliya vazirligi va hukumatning "qurol sifatida qo‘llanilishiga" chek qo‘yib, adolat muvozanatini tiklayman;
Jamiyatimizning qora tanlilar va ispan tilida so‘zlashuvchi vakillariga menga bildirgan ishonchi va qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Sizlarning ovozlaringizni eshitdim va ularni unutmayman;
Janubiy chegaramizda favqulodda holat rejimi joriy etaman. Noqonuniy chegaradan o‘tishlarga chek qo‘yiladi. Barcha noqonuniy migrantlar kelgan joyiga qaytariladi;
Narkokartellar "terrorchi tashkilotlar" deb e’lon qilinadi;
Energiya resurslarini qazib chiqarishni rag‘batlantirish uchun AQSHda energetika sohasida favqulodda holat rejimini joriy qilaman. Biz butun dunyoga Amerika energiyasini eksport qilamiz. Biz yana boy mamlakatga aylanamiz va buning uchun yer ostidagi "suyuq oltin" yordam beradi. Biz yangi "yashil bitim"ga chek qo‘yamiz;
Savdo tizimimizni qayta tashkil etishni boshlayman, bu Amerika ishchilari va oilalarini himoya qiladi. Boshqa mamlakatlarni boyitish uchun o‘z fuqarolarimizdan soliq olish o‘rniga, boshqa davlatlardan savdo bojlarini olib, o‘z fuqarolarimizni boyitamiz;
AQSHga so‘z erkinligini qaytarish va davlat senzurasini to‘xtatish haqida farmon chiqaraman;
Bugundan boshlab, AQSHning rasmiy siyosatida faqat ikki jins — erkak va ayol jinslari tan olinadi;
Men tinchlikparvar insonman. Hozirda davom etayotgan urushlarni tugataman. AQSHning qudrati barcha urushlarni to‘xtatishiga va dunyoga yangi birdamlik ruhini olib kelishiga va’da beraman;
Meni sa’y-harakatlarim natijasida inauguratsiyadan bir kun oldin, HAMAS tomonidan garovga olingan Isroil fuqarolari ozod qilindi va G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirdi;
AQSH Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb, Denali tog‘ini esa Mak-Kinli tog‘i deb qayta nomlaydi;
Dunyodagi eng qudratli armiyani tashkil etish niyatidaman. Biroq endi AQSHning harbiy muvaffaqiyati faqat janglardagi g‘alabalar bilan emas, balki oldi olingan urushlar bilan ham o‘lchanadi;
Biz Panama kanaliga egalik qilish huquqini qayta tiklaymiz;
Bizning bayrog‘imiz Mars sayyorasida o‘rnatiladi;
Amerika hududi yanada kengayadi. Bobokalonlarimiz okeanlarni kesib o‘tgan, cho‘llarni bosib o‘tgan, ulkan tog‘larni egallagan, koinotni zabt etgan va atomni parchalagan. Amerika qila olmaydigan narsa yo‘q;
Amerika xalqi ikki jahon urushini g‘alaba bilan yakunlagan, fashizm va kommunizmni yenggan, endi esa tarixdagi to‘rt eng buyuk yil ostonasida turibdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12103 | Инструменты