O‘FA Otabek Shukurov va Umar Eshmurodovning holati haqida bayonot berdi

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak finalida O‘zbekiston terma jamoasi 3-fevral, shanba kuni Qatarga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi shamollagan va jarohat olgan futbolchilar borasida bayonot berdi.

“Otabek Shukurov hamda Umar Eshmurodov respirator kasallik natijasida biroz betobligi sabab so‘nggi mashg‘ulotda ishtirok eta olmadi. Shifokorlar ikkala futbolchi bo‘lajak o‘yinga qadar tuzalib, safga qaytishini maʼlum qilmoqda. 

Afsuski, Sherzod Nasrullayevning jarohatdan to‘liq tiklanishi qiyin kechmoqda va u turnirda ishtirokini davom ettira olmaydi. Tibbiy shtab, murabbiylar, klubdagi shifokorlar bilan maslahatlashgan holda Nasrullayevning muolajalarni O‘zbekistonda davom ettirishiga ruxsat berildi. 

Igor Sergeyev O‘FA taklifiga ko‘ra, amerikalik taniqli jarroh doktor Zikria Bashir tomonidan “Aspetar” klinikasida operatsiya qilindi. Shifokorlarning dastlabki taxminlarga ko‘ra, futbolchimiz to‘liq tiklanishi uchun 8 oy atrofida vaqt talab etiladi”, — deyiladi bayonotda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72709 | Инструменты