Huawei 1
O‘FA Srechko Katanes bilan 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi

Bugun Srechko Katanesning O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan shartnoma imzolash marosimi bo’lib o’tdi.

Shartnomaga ko’ra, sloveniyalik mutaxassis 2025-yilga qadar O’zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.

Ma’lumot o’rnida, Srechko Katanes 1963-yilda Sloveniyaning Lyublyana shahrida tavallud topgan. 1981-1994 yillar davomida “Partizan”, “Shtutgart”, “Sampdoriya” kabi jamoalarda to’p surgan. Ushbu davr mobaynida A-seriya va Italiya kubogini qo’lga kiritgan, shuningdek, UEFA Championlar ligasi va UEFA Kubogi final uchrashuvlarida ishtirok etgan hamda Yevropa Kubok egalari kubogida zafar quchgan.

Murabbiylik faoliyatida esa Makedoniya, Birlashgan Arab Amirligi, Sloveniya va Iroq milliy terma jamoalarini boshqargan. Srechko Katanes tarixda birinchi bor Sloveniya milliy terma jamoasini Jahon va Yevropa chempionatlariga olib chiqqan murabbiy hisoblanadi.

Shuningdek, Milliy jamoamiz murabbiylar shtabida 5 nafar xorijlik mutaxassis ish olib boradi. Alesh Cheh va Vlado Radmanovich yordamchi murabbiy sifatida Srechko Katanesga ko’maklashadi. Martin Magister jamoa a’zolarining jismoniy tayyorgarligiga javobgar bo’ladi. Nihad Peykovich esa darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. Shuningdek, shtabdan fizioterapevt Ian Katanes o’rin olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51316 | Инструменты