Huawei 1
Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

Xorijga ishga jo‘natish bilan shug‘ullangan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi. Bu haqda Migratsiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, agentlik tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida “WORLDVISA” MCHJ, “Everyone Consult” MCHJ va “Adworld Group” MCHJ o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi eʼlonlari orqali fuqarolarni xorijga ishga yuborish xizmatlarini ko‘rsatayotganliklari, ulardan pul yig‘ib, xizmat ko‘rsatmaslik holatlari aniqlandi.

Ushbu MCHJlarga nisbatan tegishli jarimalar qo‘llanildi.

“Litsenziyaga ega bo‘lmagan tashkilotlar orqali xorijda ishga joylashishga urinish fuqarolarning moliyaviy va huquqiy xavf-xatarga duchor bo‘lishiga olib keladi”, deyiladi agentlik xabarida.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51321 | Инструменты