Huawei 1
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Qatar va KXDRga qarshi uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar nomi maʼlum bo'ldi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida 2026-yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Qatar va KXDR terma jamoalariga qarshi safar uchrashuvlarida ishtirok etadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur bahslarda ishlaydigan hakamlar haqida maʼlum qildi.

Qatar — Oʻzbekiston uchrashuvida koreyalik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi. Bosh hakam — Kim Jonghyeok, unga qanotlarda yurtdoshlari Park Kyunyong va Jang Jongpil yordam beradi. Toʻrtinchi rasmiy hakam — Chae Sanghyeop. VARda esa Kim Heegon faoliyat olib boradi.

Uchrashuv 14-noyabr Toshkent vaqti bilan 21:15 da “Jassim bin Hamad” stadionida start oladi.

KXDRga qarshi safar uchrashuvimiz Laos poytxati Vyentyan shahrida oʻtkazilishidan xabaringiz bor. Mazkur oʻyinda kuvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam — Ali Ali Ahmad, unga yurtdoshlari Alanezi Abdulhadi va Abbos Ahmad yordam beradi. Toʻrtinchi rasmiy hakam — Ammar Ashkanani. VARda esa Abulloh Jamali faoliyat olib boradi.

KXDR — Oʻzbekiston uchrashuvi 19-noyabr Toshkent vaqti bilan 17:00 da “Lao” stadionida boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10302 | Инструменты